FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
21 Iyul 2023 1157

Velosportchilarimiz Italiyada muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda

Shu kunlarda Italiyaning Pordenone shahri velosportning trek yoʻnalishi boʻyicha “6 SERE INTERNAZIONALE CITTÀ DI PORDENONE” musobaqasiga mezbonlik qilmoqda. Unda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Margarita Misyurina hamda Nafosat Koziyeva uchta medalga sazovor boʻlishdi.

Hamyurtlarimiz dastlab ochkolar uchun guruh poygasi dasturida munosib ishtirok etishdi. Unda Nafosat Koziyeva 69 ochko bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, 48 ochko jamgʻargan Margarita Misyurina bronza medali bilan taqdirlandi. Shuningdek, “elimination” dasturida oʻz omadini sinab koʻrgan Misyurina kumush medal sohibiga aylandi.

Text to speech