20 Iyul 2023 1547

Voleybol boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Markaziy Osiyo chempionati yakunlandi

Toshkentda voleybol boʻyicha 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida Markaziy Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning qizlar oʻrtasidagi final bellashuvida hamyurtlarimiz qozogʻistonlik tengqurlariga qarshi bahs olib borishdi.

Qiziqarli kechgan oʻyin qoʻshnilarimizning 3:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa, qizlar oʻrtasidagi bellashuvlarda Qozogʻiston jamoasi birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrin Oʻzbekiston-1 jamoasiga nasib etgan boʻlsa, yarim finalda imkoniyatni boy bergan Oʻzbekiston-2 qizlari bronza medallari bilan taqdirlanishdi.

Yigitlar oʻrtasidagi finalda Pokistonni 3:2 hisobida dogʻda qoldirgan Eron chempionlikni tantana qildi. Boʻlajak chempionlarga yarim finalda imkoniyatni boy bergan yigitlarimizga bronza medallari topshirildi.

Toshkentda voleybol musobaqalari davom etadi. Endi 22-29-iyul kunlari poytaxtimiz 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.

Text to speech