Qilichbozlarimizning jahon chempionati uchun tarkibi va musobaqa dasturi bilan tanishing
Yana 2 kundan soʻng Italiyaning Milan shahrida qilichbozlik boʻyicha navbatdagi jahon chempionati start oladi. Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari yoʻlida eng yirik reyting ochkolarini taqdim qiladigan ushbu dunyo birinchiligida 158 mamlakatdan 1000 dan ziyod qilichboz gʻoliblik uchun bahs olib boradi. Ular orasida Oʻzbekiston terma jamoasi ham boʻlib, yurtdoshlarimiz Apennin yarim oroliga katta tarkibda yoʻl olgan. Musobaqa dasturi va hamyurtlarimizning chiqishi haqidagi maʼlumot quyidagicha:
22-iyul:
Saralash: ayollar shpaga, erkaklar sablya qurolida.
Tarkibimiz: Malika Hakimova, Sevara Rahimova, Shahzoda Egamberdiyeva, Dilnaz Murtazoyeva / Sherzod Mamutov, Zuhriddin Qodirov, Islombek Abdazov, Musa Aymuratov.
23-iyul:
Saralash: ayollar rapira, erkaklar shpaga qurolida.
Tarkibimiz: Umida Ilyasova / Fayzulla Alimov, Javohir Nurmatov, Nodirbek Moʻminov, Meyrxan Timurov.
24-iyul:
Saralash: ayollar sablya, erkaklar rapira qurolida.
Tarkibimiz: Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdibayeva, Paola Pliyego, Fernanda Errera / Muhammad Yusuf Asranov, Ahmudilloxon Solixojiyev, Ilyas Molina, Doniyor Saʼdullayev.
25-iyul:
Pley-off bosqichi: ayollar shpaga, erkaklar sablya qurolida
26-iyul:
Pley-off bosqichi: ayollar rapira, erkaklar shpaga qurolida
27-iyul:
Jamoaviy saralash: ayollar shpaga, erkaklar sablya qurolida
Pley-off bosqichi: ayollar sablya, erkaklar rapira qurolida (yakkalik)
28-iyul:
Jamoaviy saralash: erkaklar shpaga, ayollar rapira qurolida
¼, ½ final va final: ayollar shpaga, erkaklar sablya qurolida
29-iyul:
Jamoaviy saralash: ayollar sablya, erkaklar rapira
¼, ½ final va final: ayollar rapira, erkaklar shpaga qurolida
30-iyul:
¼, ½ final va final: ayollar sablya, erkaklar rapira qurolida