FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
19 Iyul 2023 5693

Toshkentda tennis murabbiylari uchun xalqaro seminar boshlandi

Toshkentda “Olimpiya birdamligi” dasturi asosida tennis murabbiylari uchun seminar boshlandi. Xalqaro tennis federatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan ushbu loyihada mamlakatimizning turli hududlaridan jalb etilgan mutaxassislar bilan birga Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Iroqdan tashrif buyurgan 16 nafar trener ishtirok etyapti.

Bugun Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabida (ROZTM) seminarning ochilish qismiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Xalqaro tennis federatsiyasi, Oʻzbekiston MOQ va ROZTM mutasaddilari qatnashib, ishtirokchilarga omad tilashdi.

Seminar 30-iyulga qadar davom etadi. Rejaga koʻra, uning doirasidagi nazariy va amaliy darslar ROZTMning oʻzida oʻtkaziladi. Unda murabbiylar xalqaro federatsiya tomonidan jalb etilgan ekspertlar eronlik Seydemir Borgʻyei, filippinlik Kraut Piter hamda hamyurtimiz Igor Shelyakindan saboq olishadi. Darslar yosh tennischilarni oʻqitishning zamonaviy metodikasi, ularga toʻgʻri jismoniy yuklamalar berish, ularning psixologiyasi bilan ishlash, texnik harakatlarni bexato bajarishga oʻrgatish kabi yoʻnalishlarda olib boriladi.

Text to speech