18 Iyul 2023 7614

Xanchjou-2022: Bokschilarimizga Parij-2024 yoʻllanmalarini taqdim qilishi kutilayotgan “Hangzhou Gymnasium” arenasi

Boʻlajak Osiyo oʻyinlarida koʻplab muxlislarning nigohi boks bellashuvlariga qaratilishi, shubhasiz. Boisi, unda hamyurtlarimiz nafaqat musobaqa medallari, balki Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari litsenziyalari uchun ham jang qilishadi.

Mazkur janglarga “Hangzhou Gymnasium” arenasi mezbonlik qiladi. Ushbu obyekt 1966-yil qurilgan boʻlib, 5136 muxlisni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Arenada “Zhejiang Lions” basketbol klubi Xitoy chempionatidagi uy uchrashuvlarini oʻtkazadi. Osiyo oʻyinlari vaqtida bokschilarning mashgʻulot zali ham aynan ushbu inshoot ichida boʻladi.

Text to speech