14 May 2021 2467

“Olimpik” bu gal “Aral samali”dan ustun keldi

Bugun futbol bo‘yicha Pro-liga bahslarining yettinchi tur bahslariga start berildi. MOQ qoshida tashkil topgan “Olimpik” klubi bu gal o‘z maydonida Qoraqalpog‘istonning “Aral samali” klubini qabul qildi.

Bellashuv “Olimpik”ning ustunligida kechdi. Biroq ushbu tashabbusni amalda ko‘rsatish uchun ancha ter to‘kildi. 77-daqiqada Muhammadqodir Rahimboyev penaltidan hisobni ochdi. Oradan 5 daqiqa o‘tgach Bektemir Abdumannonov farqni 2 taga oshirgan bo‘lsa, hakam tomonidan asosiy vaqtga qo‘shib berilgan 3-daqiqada Alisher Odilov yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Pro-liga, 7-tur

“Olimpik” – “Aral samali” 3:0

Gollar: Muhammadqodir Rahimberganov, 77 (1:0), Bektemir Abdumannonov, 82 (2:0), Alisher Odilov, 90+3 (3:0).

Uchrashuvdan so‘ng MOQ rahbariyati jamoaning yechinish xonasiga kirib, qo‘lga kiritilgan navbatdagi g‘alaba bilan barchani tabrikladi va kelgusi bellashuvlarda ham yigitlarga omad tilab o‘tdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng jamoamiz 13 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘ringa mustahkam o‘rnashib oldi. Bu borada bitta zaxira o‘yiniga ega bo‘lgan “Neftchi” to‘plar nisbatiga ko‘ra peshqadamlik qilmoqda.

Text to speech