FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
18 Iyul 2023 2204

Kamol Sirojitdinovni tabriklaymiz!

Bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori Kamol Sirojitdinov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Kamol Komilovich Sirojitdinov 1985-yil 18-iyul kuni tavallud topgan. 2010-yil Andijon Davlat tibbiyot institutining bakalavr, 2013-yil Toshkent tibbiyot akademiyasining magistr bosqichini tamomlagan. Koʻp yillar akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazida turli lavozimlarda ishlab, ulkan tajriba toʻpladi. 2022-yildan MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori sifatida faoliyat olib bormoqda. Markazdagi boshqaruvi davrida sportchilarimizning salomatligini nazorat qilish, tibbiy-biologik taʼminotini yaxshilash, ular uchun katta koʻlamdagi qulayliklarni yaratish borasida bir qator samarali ishlarni amalga oshirmoqda.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Kamol Sirojitdinovni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech