Taekvondochilarimiz assotsiatsiya bazasida shug‘ullanishmoqda
Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlari tobora yaqinlashib kelmoqda. Unga taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi qanday tayyorgarlik koʻrmoqda?
Ayni kunlarda sportchilarimiz Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasiga qarashli bazada yigʻin oʻtkazishmoqda. Tarkibda Ulugʻbek Rashitov, Nikita Rafalovich, Niyaz Pulatov, Svetlana Osipova, Madinabonu Mannopova kabi asosiy tarkib vakillari bilan bir qatorda zaxira sportchilarini uchratish mumkin. Kechagi mashgʻulotlarni murabbiy Aleksandr Kim olib bordi.
Shubhasiz, Osiyo oʻyinlariga munosib tayyorgarlik koʻrishda kuchli terma jamoa bilan sparring oʻtkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan shu maqsadda rejaga koʻra, 22-iyuldan mashgʻulotlarga rossiyalik taekvondochilar qoʻshiladi. Mazkur qoʻshma yigʻin 31-iyulga qadar davom etadi.