FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
17 Iyul 2023 2522

Chavandozlarimiz Rossiyadagi xalqaro musobaqada yuqori natijalarni qayd etishdi

14-16-iyul kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida joylashgan “Виват Россия” ot sporti klubida navbatdagi xalqaro musobaqa boʻlib oʻtdi. Rossiya, Belarus, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekistondan sara chavandozlar ishtirok etgan nufuzli turnirda hamyurtlarimiz yuqori oʻrinlarni egallashdi.

Musobaqaning ikkinchi kunida 145 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash dasturida Azam Tolibboyev “Bozart De Ruet” laqabli tulporida ikkinchi, Bekzod Qurbonov esa “Matts” bilan uchinchi oʻrinni egalladi. Uchinchi kun bahslarida 125 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash yoʻnalishida Bahromjon Gaziyevga (“Ledi”) teng keladigani topilmadi. Shuningdek, aniqlikka asoslangan sakrash dasturida “Matts” Bekzod Qurbonovga yetakchilikni qoʻlga olishiga yordam berdi.

Musobaqaning yakuniy kunida Joker bilan 110 smdan sakrash yoʻnalishida Humoyun Abdullayev “Golden star” tulpori bilan uchinchi oʻrindan joy olgan boʻlsa, 130 sm toʻsiqdan iborat oʻrta aylana dasturida Xurshidbek Alimjonov “Chempions Ligas” bilan eng yaxshi natijani qayd etdi. Va nihoyat, musobaqa Gran-prisi – 150 sm balandlikdagi katta aylanadan iborat toʻsiqlardan sakrash yoʻnalishi ham Bekzod Qurbonov hamda “Matts”ning gʻalabasi bilan yakunlandi.

Text to speech