FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
17 Iyul 2023 1981

Zamonaviy beshkurashchilarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini yakunlashdi

Misrning Iskandariya shahrida zamonaviy beshkurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati yakuniga yetdi. Maʼlum qilganimizdek, ushbu musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasining 3 nafar vakili yurtimiz sharafini himoya qildi.

Eng yuqori natijani Samira Abzalova qayd etdi. Saralashda toʻrtinchi natija bilan finalga yoʻl olgan yurtdoshimizga finalda omad yetishmadi. Barcha bosqichlar yakunida Abzalova 1166 ochko bilan 28-natijani qayd etdi. Yigitlar oʻrtasida final bosqichida qatnashgan Asliddin Baxtiyorov qilichbozlik dasturidan soʻng bellashuvni yakunlay olmadi. Kira Soyning saralashda toʻplagan ballari final bosqichi uchun yetarli boʻlmagan edi.

Qayd etish joiz, Olimpiya oʻyinlari dasturidan oʻrin olgan ushbu sport turi mamlakatimizda ancha yosh hisoblanadi. Shunday boʻlsa ham, mazkur sport yurtimizda tez suratlarda rivojlanmoqda. Atletlarimiz Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida debyut qilishdi. Hozirda Parij-2024 Olimpiadasiga yoʻllanma beruvchi Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlariga qizgʻin hozirlik olib borishmoqda.

Text to speech