Poytaxtimizda yengil atletika bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazilmoqda
Bugun poytaxtimizdagi O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining bazasida Gennadiy Arzumanov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro musobaqa start oldi. Eʼtiborlisi, ushbu turnirda sportchilar Tokio-2020 normativlarini bajarish orqali Olimpiada yo‘llanmalarini qo‘lga kiritishlari mumkin. Shu bois uni MOQ rahbariyati ham katta qiziqish bilan kuzatib bormoqda.
Musobaqada mamlakatimiz vakillaridan tashqari qo‘shni Qozog‘iston va Tojikiston atletlari ham ishtirok etishmoqda. Bugun kunning birinchi yarmida bir qator yo‘nalishlarda saralash, nayza uloqtirish sektorida esa final bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtlarimiz Musharraf Saidahmedova ( 51.54 m) hamda Jo‘rabek Qozoqov (64.09 m) g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Bugun kechki dasturda ayollar o‘rtasida uzunlikka sakrash bahslarida Darya Reznichenko, balandlikka sakrashda esa Nadiya Dusanova final dasturida kurash olib boradi.
Eʼtiboringizga musobaqa jarayonidan fotosuratlarni havola qilamiz: