16 Iyul 2023
1153
Osiyo chempionatini to’rtta medal bilan yakunladik
Tailandda yengil atletika bo’yicha Osiyo chempionati yakunlandi. Unda ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor bo’ldi. Jamoamiz hisoboga yagona oltin medalni ko’pkurashchimiz Yekaterina Voronina keltirdi. G’olib va sovrindorlar:
Oltin medal:
Yekaterina Voronina (ko’pkurash)
Kumush medal:
Suhrob Xodjayev (bosqon uloqtirish)
Farida Soliyeva (400 metr)
Bronza medal:
Svetlana Radzivil (balandlikka sakrash)