15 Iyul 2023 1249

Medallar uchun egizaklar “jang”i

Egizaklarning bir-birlarini his qilishlari juda yuqori. Bu ilm-fan tomonidan isbotlangan. Katta sportda ilm-fanga asoslanib atletlarni tayyorlaydigan mamlakatlar bundan unumli foydalanmoqda.

Shu kunlarda Yaponiyaning Fukuoka shahrida suv sporti turlari boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtayotgani haqida maʼlum qilgan edik. Sinxron suzish yoʻnalishining texnik duet dasturidan oʻrin olgan saralash bosqichida dastlabki toʻrt oʻrinni aynan egizaklar egallagan. Ular qolgan juftliklarni ancha katta farq bilan ortda qoldirishgan. Mutaxassislarning fikriga koʻra, finalda ham katta ehtimol bilan medallar uchun kurash aynan ular oʻrtasida kechadi.

Bu sinxron suzish uchun yangilik emas. Avvalgi jahon chempionatlarida ham bunga oʻxshash holat koʻp uchragan. Xususan, oʻtgan yilgi dunyo birinchiligida egizaklar ushbu yoʻnalishda dastlabki uch oʻrinni band etishgan. Bu gal esa uchlar kuchli toʻrtlikda. Demak, ushbu sportda katta derjavalarning egizaklardan keng foydalanishi ommalashmoqda.

Eslatib oʻtamiz, mazkur yoʻnalishda qatnashgan hamyurtlarimiz Ziyoda Toshxoʻjayeva hamda Diana Onkes juftligi 182.8649 bilan 23-natijani qayd etishdi. Biroq bu final uchun yetarli boʻlmadi.

Text to speech