15 Iyul 2023 2064

Ulugʻbek Rashidov – Osiyo chempioni!

Shu kunlarda Iordaniyaning Amman shahrida sport kurashlari boʻyicha U-15 va U-20 yosh toifalarida Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Ayni paytgacha 15 yoshgacha boʻlgan kadetlar bahsi yakuniga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari 1 ta oltin, 6 ta kumush va 11 ta bronza medallarini jamgʻarishdi. Bugundan 20 yoshgacha boʻlgan polvonlar bahsi boshlanadi. Kadetlar toifasida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:
-48 kg: Ulugʻbek Rashidov (erkin kurash)

Kumush medal:
-38 kg: Jahongir Toʻlqinov (erkin kurash)
-85 kg: Behruz Bahodirov (erkin kurash)
-52 kg: Ovezdurdi Saparmuratov (yunon-rum kurashi)
-39 kg: Shohista Shonazarova (qizlar kurashi)
-54 kg: Munisa Mingyasharova (qizlar kurashi)
-66 kg: Muhayyo Rahimjonova (qizlar kurashi)

Bronza medal:
-62 kg: Farruhbek Jumanazarov (erkin kurash)
-68 kg: Jafar Jalilov (erkin kurash)
-75 kg: Bunyod Rufatov (erkin kurash)
-38 kg: Abdushukur Nurgeldiyev (yunon-rum kurashi)
-41 kg: Abbos Omonboyev (yunon-rum kurashi)
-48 kg: Shohjahon Eshmirzayev (yunon-rum kurashi)
-57 kg: Azizbek Barlikbayev (yunon-rum kurashi)
-62 kg: Ogʻabek Askaraliyev (yunon-rum kurashi)
-68 kg: Behruzbek Valiyev (yunon-rum kurashi)
-85 kg: Sayidamir Neʼmatov (yunon-rum kurashi)
-62 kg: Laylo Orazboyeva (qizlar kurashi)

Text to speech