FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
14 Iyul 2023 2145

60 yoshni qarshi olgan Gulnora Oripovaga MOQning esdalik medali topshirildi

Kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Gulnora Oripova yubiley 60 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida tajribali mutaxassisni tabriklashga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda Yoshlar siyosati va sport vazirining oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qoʻmita raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov, Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, terma jamoa murabbiylari ishtirok etishdi. Tadbirda soʻz olgan rasmiylar Gulnora Tolibovnaning yurtimizda kamondan otish sportini rivojlantirishga qoʻshgan koʻp yillik mehnatini alohida eʼtirof etib, uning kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyat tilashdi. Anʼanaga muvofiq, Oybek Kasimov yubiley yoshni qarshi olgan sportimiz fidoyisiga MOQning esdalik medalini taqdim qildi.

Maʼlumot uchun, Oripova Gulnora Tolibovna 1963-yil 14-iyul kuni Toshkent viloyatida dunyoga kelgan. Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagach, bir muddat ushbu institutning oʻzida ilmiy xodim, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasida faoliyat olib bordi. Shundan soʻng uzoq muddat Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida murabbiy boʻlib ishladi. 2012-yildan kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Tadbir yakunida G.Oripova koʻrsatilgan bunday eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan mamnun ekanligini bildirdi. Shuningdek, kamonchilarimiz ham Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olib, unda munosib ishtirok etishlarini taʼminlash yoʻlida bor kuch-gʻayratini ishga solishini qoʻshimcha qildi.

Text to speech