FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
13 Iyul 2023 3050

Farida Soliyeva kumush, Svetlana Radzivil esa bronza medalini qoʻlga kiritdi

Tailandda oʻtayotgan yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi navbatdagi medallariga sazovor boʻldi. Ayollar oʻrtasida 400 metrga yugurish dasturida qatnashgan Farida Soliyeva kumush, balandlikka sakrash sektorida ishtirok etgan Svetlana Radzivil bronza medali sohibiga aylandi.

22 yoshli Farida Soliyeva final dasturida 52.95 soniya natija qayd etib, marra chizigʻini ikkinchi boʻlib kesib oʻtdi. Qayd etish joiz, bu bilan navoiylik sportchimiz shaxsiy rekordini yangiladi. Oltin medal Shri-Lanka vakilasiga nasib etgan boʻlsa, kuchli uchlikni hindistonlik atlet yakunlab berdi.

400 metr, OCH:
1. Ramanayaka Nadisha (Shri-Lanka) – 52.61
2. Farida Soliyeva (Oʻzbekiston) – 52.95
3. Aishvarya Mishra (Hindiston) – 53.07

1.75, 1.80 va 1.83 metr balandlikdagi plankalardan birinchi urinishdayoq oʻta olgan Radzivil, afsuski, 1.86 metr balandlikka kelganida omadsizlikka uchradi. Oltin va kumush medallari esa qozogʻistonlik atletlarga nasib etdi. Bu Svetlana Radzivil uchun qitʼa birinchiliklaridagi oltinchi medal hisoblanadi.

Balandlikka sakrash, OCH:
1. Kristina Ovchinnikova (Qozogʻiston) – 1.86
2. Yelizaveta Matveyeva (Qozogʻiston) – 1.86
3. Svetlana Radzivil (Oʻzbekiston) – 1.83

Text to speech