14 May 2021 2249

Yosh dzyudochilarimiz Qozog‘istondagi turnirda “katta qo‘shin” bilan qatnashmoqda

Qozog‘istonning Olma-ota shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo kubogi start oldi. Ahamiyatlisi, unda terma jamoamiz 100 nafardan ortiq sportchi bilan ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining ma’lum qilishicha, mazkur turnirda 116 nafar dzyudochimiz qatnashadi. Jamoaga Tohir Fayziyev murabbiylik qilmoqda. Reglamentga turnirda o‘smirlar 16, yoshlar 14 vazn toifalarida bahs olib borishadi.

Shuningdek, ushbu Osiyo kubogida mamlakatimiz va mezbon jamoa sportchilaridan tashqari Qirg‘iziston va Tojikiston jam ishtirok etmoqda. Ushbu turnir murabbiylarimiz uchun yil davomida o‘tkaziladigan yirik xalqaro turnirlarda terma jamoa tarkibini shakllantirib olishga xizmat qiladi.

Text to speech