FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
13 Iyul 2023 2251

Suhrob Xodjayev termamizga Osiyo chempionatidagi dastlabki medalni taqdim qildi

Tailandda oʻtayotgan yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi ilk medalini qoʻlga kiritdi. Erkaklar oʻrtasida bosqon uloqtirish dasturida ishtirok etgan Suhrob Xodjayev kumush medalga sazovor boʻldi.

Hamyurtimizning ikkinchi urinishda qayd etgan 71.83 metr natijasi unga qitʼa chempionatining kumush medalini keltirdi. Birinchi oʻrin xitoylik Van Siga nasib etgan boʻlsa, yaponiyalik Shota Fukuda kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Bosqon uloqtirish, OCH:
1. Van Si (Xitoy) – 72.13
2. Suhrob Xodjayev (Oʻzbekiston) – 71.83
3. Shota Fukuda (Yaponiya) – 71.80

Text to speech