FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
13 Iyul 2023 2037

Suzuvchilarimiz jahon chempionati oldidan mashgʻulot oʻtkazishdi

Maʼlum qilganimizdek, joriy yilning 14-30-iyul kunlari Yaponiyaning Fukuoka shahrida suv sporti turlari boʻyicha XX jahon chempionati oʻtkaziladi. Mazkur musobaqada Vatanimiz sharafini himoya qiladigan sportchilarimiz kunchiqar yurtga yetib kelishgan va bugun musobaqa oldidan tayyorgarlik mashgʻulotlarini oʻtkazishdi.

Dastlab ochiq dengizda suzish musobaqasida ishtirok etadigan sportchilarimiz mashgʻulotlarga kirishdilar. Murabbiy Saida Iskandarova boshchiligida jahon chempionatida qatnashadigan sportchilarimiz musobaqa oʻtkaziladigan dengizda qariyb ikki soat davomida tayyorgarlik mashqlarini olib borishdi.

Eslatib oʻtamiz, ochiq dengizda suzish bahslarida jami 4 nafar sportchimiz yurtimiz shaʼnini himoya qilishadi. Ayollar oʻrtasida Parizoda Iskandarova hamda Anastasiya Zelinskaya startga chiqishsa, erkaklar toifasidagi bahslarda Vyacheslav Shkretov va Nikita Kornilov medallar uchun kurash olib borishadi.

Text to speech