14 May 2021 1717

Bokschilarimiz Rossiyada yana bir xalqaro turnirda ishtirok etishmoqda

Ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk shahrida boks bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tmoqda. Unda terma jamoamizning bir qator iste’dodli vakillari yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda.

Hozirda musobaqa o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirib bormoqda. Bugun reglamentga ko‘ra, yarim final bahslari bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqichga terma jamoamizning 8 nafar vakili yetib kelgan va ular Toshkent vaqti bilan soat 11:00 dan boshlanadigan bellashuvlarda final yo‘llanmasi uchun ringga chiqishadi. Bugun bahs olib boradigan hamyurtlarimiz bilan tanishing:

Text to speech