10 Iyul 2023 865

Xanchjou-2022 obyektlari: “Katta Lotus”

@OlympicUz”dan yangi loyiha. Endilikda Siz aziz oʻquvchilarimizni yaqinlashib kelayotgan Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlariga mezbonlik qiladigan inshootlar bilan tanishtiramiz. Yangi loyihamizni boʻlajak musobaqaning asosiy arenasi bilan boshlaymiz.

Ushbu obyekt XIX Osiyo oʻyinlari uchun 10 yil davomida maxsus qurilgan boʻlib, “Xanchjou Olimpiya sport turlari Markaziy stadioni” nomini olgan. Rasmiy nomi nisbatan uzun boʻlgani koʻpchilik uni “Katta Lotus” nomi bilan ham ataydi. Uning dizaynini yaratishda muhandislar qadimgi Xitoy ipak toʻquv tizimidan ilhomlangan. Tom qismi esa lotus gulining barglarini eslatadi.

Sigʻimi: 80 000 kishi
Mezbonlik qiladi: Ochilish va yopilish marosimi, yengil atletika bahslari

Text to speech