10 Iyul 2023 1441

Badiiy gimnastikachilarimiz ilk bor jahon chempionatida shohsupaga koʻtarilishdi

7-9-iyul kunlari Ruminiyaning Kluj-Napoka shahrida badiiy gimnastika boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Qiziqarli bellashuvlar yakunida Anastasiya Saranseva halqa, Mishel Nesterova tasmadagi mashqlarda shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarildi. Qayd etish joiz, bu badiiy gimnastika boʻyicha jahon chempionatlari tarixida oʻzbekistonlik sportchilarning birinchi sovrindorlar qatoridan joy olishi boʻldi.

Halqa
1. Tal Franko (Isroil)
2. Amaliya Lika (Ruminiya)
3. Anastasiya Saranseva (Oʻzbekiston)

Tasma:
1. Liliana Levinska (Polsha)
2. Nikol Todorova (Bolgariya)
3. Mishel Nesterova (Oʻzbekiston)

Text to speech