FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
10 Iyul 2023 2773

Taekvondochilarimiz “Turkish Open” turnirida muvaffaqiyatli qatnashishdi

Turkiyaning Anqara shahrida taekvondo WT boʻyicha “Turkish Open” musobaqasi oʻz nihoyasiga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida dayanga chiqqan sakkiz nafar hamyurtimizning yarmi gʻolib va sovrindorlar qatoridan joy oldi. Ahamiyatlisi, -74 kg vazn toifasida ikki nafar hamyurtimiz Jasur Jaysunov hamda Najmiddin Qosimxoʻjayev oʻzaro bahs olib borishdi. Qiziqarli uchrashuvda Osiyo chempioni Jaysunovning qoʻli balandi keldi. Umumiy hisobda Oʻzbekiston kattalar terma jamoasi mazkur musobaqani 3 ta oltin, 1 tadan kumush hamda bronza medallari bilan yakunlashdi. Barcha gʻolib va sovrindorlar:

Oltin medal:
-74 kg: Jasur Jaysunov
-87 kg: Nikita Rafalovich
-49 kg: Madinabonu Mannopova

Kumush medal:
-74 kg: Najmiddin Qosimxoʻjayev

Bronza medal:
-54 kg: Omonjon Otajonov

Shuningdek, musobaqaning kadetlar toifasida Islom Akchurin hamda Azizbek Sattorov oltin, Laylo Hasanova bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Text to speech