9 Iyul 2023 928

Yurtimizda oʻtgan Prezidentlik saylovi xorijlik sport mutasaddilari nigohida

Bugun mamlakatimiz boʻylab oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi koʻplab xorijlik mutaxassislar eʼtiborida boʻldi. Xususan, bir qator sport tashkilotlaridan kelgan mutasaddilar ushbu jarayonni kuzatish uchun Toshkentdagi qator saylov uchastkalariga tashrif buyurishdi.

Gruziya Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Emzar Zenaishvili, Ozarbayjon Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Azer Aliyev, Rossiya Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Rodion Plituxin, Xalqaro elektron sport federatsiyasi Bosh direktori Vlad Marinesko, Xalqaro kurash assotsiatsiyasi Bosh kotibi Ray Nassiri, WDA va LECERCLE Jahon diplomatik akademiyasi Prezidenti, CransMontana forumi asoschisi Jan-Pol Karteron bugun poytaxtimizdagi qator manzillarda jarayonni koʻzdan kechirishdi.

Mutasaddilar kun davomida Yoshlar siyosati va sport vazirligida ham boʻlishdi. U yerda Vazir Adham Ikramov, Oʻzbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Qoʻmita raisi oʻrinbosari Azizjon Kamilov bilan mamlakatlarning sport sohasidagi doʻstona aloqalarini yanada mustahkamlash, yangi loyihalar yoʻlga qoʻyish boʻyicha oʻzaro fikr almashishdi. Oʻz navbatida, mehmonlar saylov yuqori saviyada tashkil etilgani, kelgusida Oʻzbekiston bilan munosabatlarni yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.

Text to speech