9 Iyul 2023 669

Merganlarimiz Indoneziyada 4 ta medal qo’lga kiritishdi

Indoneziya poytaxtida o’q otish sporti bo’yicha “Kapolri Cup 2023” musobaqasi bo’lib o’tmoqda. Bugundan turnirda final bellashuvlariga start berildi. Ahamiyatlisi, ilk kunning o’zida O’zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 tadan kumush hamda bronza medallariga sazovor bo’ldi. Barcha medallar pnevmatik miltiqdan otish yo’nalishida qo’lga kiritildi. G’olib va sovrindorlar ro’yxati:

 Oltin medal:
Erkaklar, jamoaviy: Vadim Skorovarov, Javohir Sohibov, Nikita Sokolov
Ayollar, jamoaviy: Muxtasar Tohirova, Gulbonu Qamarbekova, Dilafro’z Qobiljonova

 Kumush medal:
Javohir Sohibov (yakkalik)

 Bronza medal:
Dilafro’z Qobiljonova (yakkalik)

Text to speech