14 May 2021 2425

Taekvondochilarimiz litsenzion turnirda qatnashish uchun Iordaniyaga jo‘nab ketishdi

Xabaringiz bor, 21-22 may kunlari Iordaniyaning Amman shahrida osiyolik taekvondochilar o‘rtasida Tokio-2020 Olimpiadasi uchun uchun litsenzion turnir bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada O‘zbekistondan 3 nafar (1 erkak va 2 ayol) taekvondochi ishtirok etish huquqiga ega.

O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasining ma’lum qilishicha, bugun O‘zbekiston taekvondo terma jamoasi a’zolari Toshkent-Dubay-Amman yo‘nalishi bo‘ylab Iordaniyaga jo‘nab ketishdi. Sportchilarimizning xavfsizligi to‘liq ta’minlangan holda, maxsus kiyimlarda uchib ketishganini ta’kidlash lozim.

Sportchilar:
Nigora Tursunqulova
Ozoda Sobirjonova
Svetlana Osipova
Feruza Sodiqova
Jasur Jaysunov
Ulug‘bek Rashitov

Murabbiylar shtabi:
Pavel Xan
Kim Yung Jin
Dmitriy Xvan
Paxlavon Sobirov
Ma’sud Yunusov (shifokor)
Stanislav Dogbayev (massajchi)
Murodjon Choriyev (Bosh kotib)
Dmitriy Kim (Xalqaro hakam)

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bo‘lajak musobaqada taekvondochilarimizga omad tilaydi!

Text to speech