8 Iyul 2023 904

Bahodir Jalolovni tabriklaymiz!

Bugun taniqli bokschimiz, jahon va Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov tavallud ayyomini nishonlashmoqda.

Bahodir Jalolov 1994 yil 8 iyul kuni Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Boks bo‘yicha eng og‘ir vazn toifasida ikki karra Osiyo chempioni, jahon va Olimpiada chempioni hisoblanadi. 2019 yil Yekaterinburg, joriy yil poytaxtimizda o‘tgan jahon chempionatlarida eng og‘ir toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Professional boksda shu paytgacha o‘tkazgan barcha janglarida g‘alaba qozongan. Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi. Tokio-2020 Olimpiadasida +92 kg vazn toifasida oltin medalga sazovor bo‘lgan. Ushbu muvaffaqiyatlari evaziga “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni hamda “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi sportchimizni bugungi tavallud ayyom bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik ulkan g‘alabalar tilab qoladi.

Text to speech