7 Iyul 2023 1266

Taekvondochilarimiz “Turkish Open” turniriga yoʻl olishdi

6-9-iyul kunlari Turkiya poytaxti Anqara shahrida taekvondo WT boʻyicha “Turkish Open” musobaqasi boʻlib oʻtadi. Unda ishtirok etuvchi Oʻzbekiston terma jamoasi Turkiyaga joʻnab ketdi. Mazkur musobaqa G2 tasnifidan oʻrin olgan boʻlib, oʻz vazn toifalarida gʻalaba qozongan sportchilar jahon va Olimpiada reytingi uchun 20 ochkoga ega boʻlishadi.

Terma jamoa murabbiylar shtabi ushbu turnirda qatnashish uchun 11 nafar sportchini tanlab olgan. Unda ikki karra JCH sovrindori Nikita Rafalovich, Osiyo chempioni Jasur Jaysunov, Osiyo oʻyinlari sovrindori Madinabonu Mannopova kabi nomlarni uchratish mumkin. Toʻliq tarkib quyidagicha:

Erkaklar:
-54 kg: Omonjon Otajonov
-68 kg: Diyorbek Toʻxliboyev va Najmiddin Qosimxoʻjayev
-74 kg: Jasur Jaysunov
+87 kg: Nikita Rafalovich

Ayollar:
-49 kg: Madinabonu Mannopova
-53 kg: Charos Qayumova va Sitora Ergashev
-57 kg: Madina Mirabzalova
-67 kg: Feruza Sodiqova va Ozoda Sobirjonova

Text to speech