6 Iyul 2023 1049

Axbor Imomxo‘jayev xotira turniri o‘z g‘oliblarini aniqladi

3-iyul kuni start olgan futbol bo‘yicha Axbor Imomxo‘jayev xotira turniri o‘z yakuniga yetdi. 4 kun davom etgan ushbu musobaqa futbol va ijodkorlar ahlini yanada birlashtirib, unutilmas xotiralarni taqdim qildi. Bugun musobaqada hal qiluvchi o‘yinlar o‘tkazildi. 

O‘z guruhlarida birinchi o‘rinni olgan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Axbor Imomxo‘jayevning farzandlari hamda nabiralaridan tashkil topgan “Sulola” jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. Qiziqarli uchrashuv O‘FA jamoasining 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bellashuvda “Paxtakor” faxriylari сhampionat.asia saytining xodimlarini 3:1 hisobida dog‘da qoldirdi. 

Qolgan o‘rinlarni “Tong II”, “Sharhlovchi”, sports.uz va “Jurnalistlar” jamoalari egallashdi. Musobaqa yakunida Eng yaxshi to‘purar, Eng yaxshi darvozabon, Eng yaxshi o‘yinchi kabi nominatsiyalarda ham g‘oliblar aniqlanib, sovrinlar o‘z egalariga topshirildi. Tantanali taqdirlash marosimida MOQ raisining 1-o‘rinbosari, O‘FA 1-vitse-prezidenti Ravshan Irmatov, O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, O‘FA faxriylar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i To‘lagan Isoqov, shuningdek, Birodar Abduraimov, Mirjalol Qosimov kabi o‘zbek futbolining yulduzlari ishtirok etishdi. Nominatsiyalar va ularning g‘oliblari bilan tanishing:

Turnir to‘purari: Farruh Madatov (“Tong II“, 9 gol)

Eng yaxshi o‘yinchi: Shukur Ashirov (O‘FA)

Eng yaxshi darvozabon: Mirjalol Normatov (“championat.asia”)

Eng faxriy o‘yinchi: Abdug‘affor Ortiqov (“Tong II“, 75 yosh)

Text to speech