6 Iyul 2023
1181
Qilichbozlarimiz jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlashdi
Qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Osiyo chempionatidan soʻng navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishdi. Rejaga muvofiq, shpaga va rapira qurollaridagi sportchilarimiz federatsiyaning Toshkent shahridagi bazasida, sablyachilarimiz esa “Yangiobod sport bazasi”da mashgʻulotlarni olib borishyapti.
Mazkur yigʻin 22-30-iyul kunlari Italiyaning Milan shahrida oʻtadigan jahon chempionati uchun asosiy tayyorgarlik bosqichi vazifasini oʻtab beradi. Qayd etish joiz, boʻlajak dunyo birinchiligida Parij-2024 Olimpiadasi uchun eng yirik reyting ochkolari oʻynaladi. Terma jamoalarimiz undan keyin Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlikni davom ettirishadi.