FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
6 Iyul 2023 2116

Dzyudo va ogʻir atletikachilarimiz Bakurianida birga mashgʻulot oʻtkazishdi

Maʼlum qilganimizdek, dzyudo va ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari ayni paytda Gruziyaning Bakuriani shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinida ishtirok etishmoqda. Eʼtiborlisi, har ikki terma jamoamiz bugungi mashgʻulotni birgalikda oʻtkazdi.

Shubhasiz, sportchilarimizning xorijda nafaqat oʻzaro uchrashishgani, balki bunday doʻstona ruhda mashgʻulot olib borishlari ularning kayfiyatini yanada koʻtaradi. Mashgʻulot jarayonida har ikki terma jamoa umumiy jismoniy tayyorgarlikni kuchaytirishga eʼtibor qaratdi. Ogʻir atletikachilarimiz dzyudochilarimizga tosh bilan ishlashning oʻziga xos texnikalarini oʻrgatishdi.

Oʻz navbatida, har ikki jamoa bosh murabbiylari Ilias Iliadis hamda Bahrom Mendiboyev mashgʻulot uchun bir-birlariga minnatdorchilik bildirib, atletlarimizga kelgusi musobaqalarda omad tilashdi. 

Text to speech