FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
6 Iyul 2023 2298

Yoshlarning sport bilan shugʻullanishi uchun imkoniyatlar yaratish – asosiy maqsad

Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyatidan tuzilgan ishchi guruhning Respublikamiz boʻylab oʻrganish ishlari davom etadi. Xabar berganimizdek, MOQ raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov boshchiligidagi mutasaddilar Namangan viloyatida yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport sohasida olib borilayotgan ishlar holatini oʻrganishmoqda.

Ishchi guruhning navbatdagi manzili Kosonsoy va Yangiqoʻrgʻon tumanlari boʻldi. Kosonsoydagi madaniyat markazida fuqarolarning murojaatlari boʻyicha sayyor qabul boʻlib oʻtdi. Unda sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish, yoshlarning bandlik darajasini oshirish, hududlardagi moddiy-texnik bazalarni kuchaytirish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi. Uchrashuv davomida sohada oʻzini koʻrsatgan bir qator yoshlarga esdalik sovgʻalari topshirildi. Qayd etish joiz, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov har bir hududda boʻlib turgan vakillar bilan onlayn bogʻlanib, joylardagi holat, ish jarayonining borishi boʻyicha maʼlumot olib turdi.

Mutasaddilarning Yangiqoʻrgʻon tumanidagi sobiq Iqtisodiyot va servis kasb-hunar kollejiga tashrifi ham alohida ahamiyat kasb etdi. Oʻrganish ishlari yakunida hozirda faoliyat yuritmayotgan ushbu binoning tasarrufidagi sport zalini ta'mirlash va foydalanishga topshirish, hududdagi yoshlarning qiziqishidan kelib chiqqan holda sport toʻgaraklarini ochish kabi istiqbolli rejalar koʻrib chiqildi. Oʻrganish ishlari davom etadi.

Text to speech