FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
5 Iyul 2023 2035

Uchkurashchilarimiz Germaniyadagi turnirda qatnashishadi

6-9-iyul kunlari Germaniyaning Zalsxauzen shahrida joylashgan mashhur “Luhmühlen Horse Trials” ot sporti majmuasida uchkurash boʻyicha CCI 2* tasnifiga kiruvchi musobaqa boʻlib oʻtadi. Ushbu nufuzli turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Muhammaddiyor Raimjonov hamda Alisher Erkinov ishtirok etishadi.

Yurtimizda endi rivojlanib borayotgan mazkur yoʻnalish boʻyicha sportchilarimiz soʻnggi davrda Yevropadagi musobaqalarda qatnashib, ulkan tajriba toʻplashmoqda. Zero, Germaniyada oʻtadigan mazkur start ham chavandozlarimiz uchun Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi.

Text to speech