4 Iyul 2023 758

Eshkak eshuvchilarimizni Yevropada nufuzli musobaqalar kutmoqda

Akademik eshkak eshish boʻyicha kattalar terma jamoamiz Jahon kubogi bosqichi, shuningdek, baydarka va kanoeda eshkak eshuvchilarimiz esa yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishadi. Yosh baydarka va kanoechilarimiz 5-9-iyul kunlari Italiyaning Auronzo shahri mezbonlik qiladigan 18 va 23 yoshdagi atletlarning dunyo birinchiligiga yoʻl olishdi. Musobaqada qatnashadigan tarkibimiz quyidagicha:

U-23 / Baydarka, yigitlar: Denis Onufriyev, Sherzod Hakimjonov, Samandar Haydarov, Ozodjon Amriddinov.

Baydarka, qizlar: Arina Tanatmisheva.

Kanoe, yigitlar: Kamronbek Axtamov, Mirjalol Kamilov, Denisov Vladlen, Muhammadali Mirismanov.

Qizlar: Xonzoda Erkinova, Dinara Joʻrayeva, Gulbahor Fayziyeva, Zarina Rustamova.

U-18 / Baydarka, qizlar: Shahrizoda Mavlonova.

Kanoe, yigitlar: Zarruh Rustamov, Rustamjon Xolmamadov.

Qizlar: Shohsanam Sherzodova.

Shuningdek, Litvada xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatnashgan akademik eshkak eshuvchilarimiz toʻgʻri Shveysariyaning Lyutsern shahriga yoʻl olishdi. U yerda yurtdoshlarimiz 7-9-iyul kunlari oʻtadigan Jahon kubogining uchinchi bosqichida ishtirok etishadi. Mazkur bosqichda qatnashadigan tarkibimiz quyidagicha:

M2x: Shahboz Xolmurzayev, Mehrojbek Mamatqulov
M2-: Dilshodjon Xudoyberdiyev, Shehroz Hakimov
LM2x: Shahzod Nurmatov, Sobirjon Safaroliyev
LW2x: Malika Tagmatova, Luizaxon Islomova
W1x: Anna Prakaten

Text to speech