13 May 2021 4397

Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Aziz hamyurtlar! O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi barchangizni kirib kelgan Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi!

Asrlar davomida xalqimiz tomonidan nishonlab kelinadigan mazkur ayyom biz uchun eng aziz va moʻtabar bayramlardan biri hisoblanadi. Fursatdan foydalanib, o‘zbek sportining keng jamoatchiligi, mamlakatimizdagi Olimpiya harakatining barcha ishtirokchilari nomidan yana bir bor ushbu bayram qutlug‘ bo‘lsin, deb qolamiz. Xonadoningizni fayzu baraka, dasturxoningizni to‘kin-sochinlik tark etmasin!

Text to speech