2 Iyul 2023 1054

Velosportchilarimiz Bo’stonliqda shug’ullanishmoqda

Ayni kunlarda velosport boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari ham oldindagi nufuzli musobaqalarga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. 26-iyun kuni boshlangan yigʻin 5-iyulga qadar davom etadi.

Mashgʻulotlar Toshkent viloyatining togʻli hududlaridagi yoʻllarda olib borilmoqda. Qitʼa birinchiligidan soʻng sportchilarimizga katta jismoniy yuklama berilgani yoʻq. Mazkur yigʻin kuz faslida oʻtadigan Osiyo oʻyinlari hamda jahon chempionatiga tayyorgarlik bosqichlaridan biri hisoblanadi.

Text to speech