FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2 Iyul 2023 2708

Ogʻir atletika va sport gimnastikasi boʻyicha terma jamoalarimiz Gruziya yigʻiniga yoʻl olishdi

Bugun ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari, shuningdek, sport gimnastikasi boʻyicha erkaklar terma jamoasi oʻquv-mashgʻulot yigʻinida ishtirok etish uchun Gruziyaga yoʻl olishdi.

Murabbiy Bahrom Mendiboyev qoʻl ostidagi ogʻir atletikachilarimiz 11-avgustga qadar Bakuriani shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinida ishtirok etishadi. Tarkibga Ruslan Nurudinov, Akbar Joʻrayev, Doston Yoqubov, Adhamjon Ergashev, Tursunoy Jabborova kabi 15 nafar sportchimiz jalb qilingan. Eslatib oʻtamiz, ayni paytda dzyudo boʻyicha terma jamoamiz ham ushbu shaharda mashgʻulotlarni davom ettirmoqda.

Sport gimnastikasi boʻyicha erkaklar terma jamoamiz esa Tbilisi shahrida mashgʻulot olib boradi. Mazkur yigʻin 23-iyulga qadar davom etib, murabbiylar shtabi unga Rasuljon Abdurahimov, Oʻtkirbek Joʻrayev, Habibullo Ergashev kabi 10 nafar sportchini jalb qilgan.

Qayd etish joiz, ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionati va Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlari orasidagi farq 10 kunni tashkil etadi. Sport gimnastikasi boʻyicha dunyo birinchiligi qitʼa Olimpiadasi bilan bir vaqtda boʻlib, musobaqalar orasidagi farq atigi 1 kun. Shu bois, mazkur yigʻin har ikki sport turi uchun muhim hisoblanadi.

Text to speech