Diyora Keldiyorova yana “taxt”da
Moʻgʻulistonda oʻtgan “Katta dubulgʻa” turniridan keyin Xalqaro dzyudo federatsiyasi sportchilarning yangilangan Olimpiada reytingini eʼlon qildi. Ahamiyatlisi, musobaqada -52 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan Diyora Keldiyorova ushbu vaznda yana peshqadamlikni qaytarib oldi. Barcha vazn toifalarida jami 17 nafar sportchimiz (11 erkaklar, 6 ayollar) yakkalik dasturida, shuningdek, aralash jamoaviy yoʻnalish boʻyicha terma jamoamiz ham litsenzion hududdan oʻrin olgan. Batafsil:
-60 kg:
1. Li Xarim (Janubiy Koreya) – 2810 ochko
8. Dilshodbek Baratov – 1644
28. Doston Roʻziyev – 686
-66 kg:
1. Basxu Yondonperenli (Moʻgʻuliston) – 2664 ochko
17. Muhriddin Tilovov – 1214
26. Sardor Nurillayev – 879
-73 kg:
1. Nils Shtamp (Shveysariya) – 2470 ochko
6. Murodjon Yoʻldoshev – 1870
8. Obidxon Noʻmonov – 1714
12. Shahram Ahadov – 1460
-90 kg:
1. Luka Maysuradze (Gruziya) – 2800
3. Davlat Bobonov – 2174 ochko
-100 kg:
1. Zelim Kotsoiyev (Ozarbayjon) – 3060 ochko
13. Muzaffarbek Toʻraboyev – 1289
+100 kg:
1. Inal Tasoyev (Neytral sportchi) – 2500
3. Alisher Yusupov – 2310 ochko
16. Shohruh Baxtiyorov – 1210
Ayollar:
-48 kg:
1. Natsumi Sunoda (Yaponiya) – 2500 ochko
26. Halimajon Qurbonova – 790
-52 kg:
1. Diyora Keldiyorova – 3284 ochko
13. Sita Qadamboyeva – 1096
-57 kg:
1. Krista Deguchi (Kanada) – 4450
29. Shukurjon Aminova – 710 (qitʼaviy kvota)
-70 kg:
1. Saki Nizoye (Yaponiya) – 3450 ochko
23. Gulnoza Matniyazova – 875
-78 kg:
1. Inbar Lanir (Isroil) – 3295
32. Irisxon Qurbonboyeva – 489
Eslatma:
– Bu Olimpiada reytingining bugungi holati. Tizim 2024-yilning 23-iyun kuni yopiladi;
– Jadvalda reyting yetakchisi, litsenzion hududdan joy olgan yoki qitʼaviy kvotaga ega dzyudochilarimiz keltirilgan;
– Bir vaznda ikki yoki undan koʻp sportchi litsenzion hududdan joy olsa, Olimpiada ishtirokchisi murabbiylar shtabi qaroriga koʻra tanlanadi.