FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
27 Iyun 2023 2090

Mintaqalarda jismoniy tarbiya va sport rivojiga eʼtibor har qachongidan yuqori

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov hamda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida tashkil etilayotgan Jismoniy tarbiya va sportga masʼul vazir hamda yuqori mansabdor shaxslarning yettinchi xalqaro anjumanida (MINEPS VII) qatnashayotgani haqida maʼlum qilgan edik. Mutasaddilarimiz safar davomida bir qator mamlakatlarning vakillari bilan uchrashib, oʻzaro hamkorlik aloqalarining yangi bosqichi xususida fikr almashishmoqda.

Dastavval, A.Ikramov va O.Kasimov MINEPS VII tadbirining anjumanida qatnashishdi. Unda ishtirokchi davlat vakillari mavjud muammo va kamchiliklar, qolaversa, sohani yanada rivojlantirish boʻyicha oʻz taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Kun davomida Rossiya Federatsiyasi Sport vaziri Oleg Matitsin, Belarus Turizm va sport vaziri Sergey Kovalchuk hamda Turkiya Yoshlar va sport ishlari vaziri Osman Ashkin Bak bilan rasmiy uchrashuvlar tashkil etildi. Samimiy ruhda oʻtgan suhbatlarda mintaqalarda jismoniy tarbiya va sport, Olimpiya harakatini aholi orasida yanada ommalashtirish, turli xalqaro musobaqalar oʻtkazish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Text to speech