27 Iyun 2023
1023
Kasb bayramingiz muborak boʻlsin, qadrli OAV xodimlari!
Bugun 27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. Ushbu sana mamlakatimizda har yili alohida eʼtibor bilan nishonlab kelinadi.
Ushbu sohasida samarali faoliyat olib borayotgan OAV xodimlari mamlakatimizning har tomonlama taraqqiy etishida Prezidentimizga kamarbasta boʻlib xizmat qilishmoqda. Xususan, sport yoʻnalishida ishlayotgan soha xodimlari yurtimizda sogʻlom turmush tarzi targʻibotini kuchaytirishga beqiyos xissa qoʻshishmoqda.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini bugungi bayram bilan tabriklab, ularning mashaqqatli va masʼuliyatli faoliyatlarini ado etishlari yoʻlida kuch-gʻayrat, sihat-salomatlik tilab qoladi.