FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
26 Iyun 2023 2215

“Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi doirasida Toshkent shahrida oʻtgan bellashuvlarning gʻoliblari taqdirlandi

Xabaringiz bor, butun Respublikamiz boʻylab Xalqaro Olimpiya kuni va Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi boʻlib oʻtdi. Dastavval, musobaqada 60 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashishi kutilgan edi. Yakuniy tahlillarga koʻra, bu yilgi bahslar 100 mingdan ortiq ishtirokchini qamrab olgani maʼlum boʻldi.

Poytaxtimizdagi soʻlim “Milliy bogʻ” dam olish maskani Toshkent shahrida oʻtgan poygalarning gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimiga mezbonlik qildi. Unda Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi va hamkor tashkilotlarning mutasaddilari ishtirok etib, sovrindorlarga medal hamda esdalik sovgʻalarini topshirishdi. Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahrida oʻtgan musobaqa 1 milya (1609 m), 3 va 10 km masofalarda tashkil etildi.

Text to speech