Hasanboy Do‘smatov 30 yoshda!
Bugun taniqli bokschimiz, Olimpiada va jahon chempioni Hasanboy Do‘smatov o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Hasanboy Do‘smatov 1993 yil 24 iyun kuni Andijon viloyatida tug‘ilgan. Rio-2016 Olimpiya o‘yinlarida -49 kg vazn toifasida chempionlik qatori, eng yaxshi texnika egasiga beriladigan “Vel Barker” sovrinini ham qo‘lga kiritgan. 2017 yil Gamburgda o‘tgan jahon chempionati finalchisi. Hasanboy 2018 yil Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida ham terma jamoamiz hisobiga kumush medalni keltirgan. Joriy yil Toshkent mezbonlik qilgan dunyo birinchiligida oltin medalni qo‘lga kiritish barobarida musobaqaning eng yaxshi bokschisi nomiga sazovor bo‘ldi. Ko‘rsatgan natijalari uchun davlatimiz tomonidan “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Hasanboy Do‘smatovni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan g‘alabalar tilab qoladi.