FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
21 Iyun 2023 1845

Uchkurashchilarimiz kvalifikasion musobaqalarda qatnashishmoqda

Xitoyning Xanjchou shahri XIX Osiyo o‘yinlariga katta tayyorgarlik ko‘rmoqda. O‘z navbatida, o‘zbekistonlik chavandozlar ham ushbu musobaqada qatnashish uchun hozirlik olib borishyapti.

Shu jumladan, uchkurashchilarimiz Jasurbek Xotambekov, Alisher Erkinov va Muhammaddiyor Hakimjonov kvalifikasion musobaqalarda ishtirok etishmoqda. Hamyurtlarimiz 21-24-iyun kunlari Polshaning Shtrezigom shahrida tashkil etiladigan CCI 1*Intro ,CCI2* L , CCI2* S turnirlarida qatnashishadi.

Kuzda o‘tadigan “Osiyo olimpiadasi”ga 100 kundan kam vaqt qoldi. Shu bois, hozirda barcha terma jamoalar mazkur musobaqaga katta tayyorgarlik olib borishmoqda. Xanjchou-2022 Osiyo o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan ot sporti bahslari Xalqaro sport markazida bo‘lib o‘tadi. Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan konkur, ot yo‘rttirish va uchkurash yo‘nalishlari 26-sentabr – 6-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ushbu bellashuvlarga mezbonlik qiladigan arena 54 ming kvadrat metrga yaqin hududni o‘z ichiga oladi. Unda Osiyoning turli hududlaridan kelgan chavandozlar medallar uchun o‘zaro bahs olib boradi.

Text to speech