FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
21 Iyun 2023 2572

Sport gimnastikachilarimiz Osiyo chempionatida ikki medal va JCHning yo‘llanmalarini qo‘lga kiritishdi

Singapurda sport gimnastikasi bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta kumush medalga sazovor bo‘ldi. Har ikki medal ham tayanib sakrash dasturida qo‘lga kiritildi. Ayollar o‘rtasidagi bahslarda Oksana Chusovitina, erkaklar bellashuvida esa Abdulaziz Mirvaliyev shohsupaga ko‘tarildi.

Qayd etish joiz, ushbu qitʼa birinchiligi joriy yilning 30-sentabr – 8-oktabr kunlari Belgiyaning Antverpen shahrida o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanma beruvchi musobaqa edi. Chempionat yakuniga ko‘ra yigitlarimiz jamoaviy, qizlarimizdan Dildora Aripova yakkalik yo‘nalishida dunyo birinchiligida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon kubogi bosqichlarining yakuni bo‘yicha Oksana Chusovitina ham Antverpendagi masʼuliyatli start ishtirokchisiga aylangan edi. Zero, Belgiyadagi jahon chempionatida Parij-2024 Olimpiadasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmalar o‘ynaladi.

Text to speech