Bokschi qizlarimiz Xitoyga jo‘nab ketishdi
Maʼlumki, kuzda Xitoyning Xanchjou shahrida yilning eng muhim musobaqalaridan biri - XIX yozgi Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladi.
Mazkur musobaqaga O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ham jiddiy hozirlik olib bormoqda. Elshod Rasulov boshchiligidagi qizlarimiz muhim musobaqaga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichida ishtirok etish uchun Xitoyning Uyshan shahriga yo‘l olishdi.
Terma jamoamiz aʼzolari 7-iyulga qadar xitoylik bokschi qizlar bilan birga mashg‘ulotlarda qatnashishadi. Ayollar terma jamoamiz quyidagi tarkibda Xitoyga jo‘nab ketdi:
Sabina Boboqulova
Feruza Kazakova
Nigina O‘ktamova
Muxlisa Xushvaqtova
Sitora Turdibekova
Humora Mamajonova
Rayhona Qodirova
Dilfuza Bekova
Navbahor Hamidova
Aziza Zokirova
Murabbiylar: Elshod Rasulov, Islom Tojiboyev, Sharif Narziqulov, Anna Sidorova.