11 May 2021 2296

MOQ raisi kurashchilarimiz bilan suhbatlashdi

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi muhtaram Prezidentimizning Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlikni yana-da kuchaytirish bo‘yicha bergan topshiriqlari asosida faoliyat olib bormoqda. Bugun MOQ rahbari Rustam Shoabdurahmonov erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha terma jamoamiz vakillari bilan uchrashdi.

“Dinamo” sport majmuasida o‘tgan suhbatda yig‘inda ishtirok etayotgan kurashchilarimiz va ularning murabbiylari, MOQ mutasaddilari ishtirok etishdi. Uchrashuvda Rustam Shoabdurahmonov murabbiylar va sportchilar bilan Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik bo‘yicha alohida suhbatlashdi. Unda ularning rejalari, oilaviy sharoitlari, Olimpiadadagi raqiblarining qanchalik o‘rganilayotgani haqida gap bordi.

Eslatib o‘tamiz, erkin va yunon-rum kurashi ustalari Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga 4 tadan, jami 8 ta yo‘llanma olishdi. MOQ rahbari suhbat davomida Olimpiadaga tayyorgarlikni yana-da kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Shuningdek, kelgusi Olimpiya o‘yinlariga kuchli zaxira sportchilarini shakllantirish uchun yoshlar o‘rtasida shaffof seleksiya ishlarini tashkil etish va ular o‘rtasida musobaqalarni ko‘paytirish bo‘yicha taklifini ham bildirdi.

Text to speech