20 Iyun 2023 1344

Litsenzion hududdan joy olgan dzyudochilarimiz oʻn yetti nafarga yetti

Qozogʻistonda oʻtgan dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniridan soʻng dzyudochilarning yangilangan reytingi eʼlon qilindi. Xalqaro dzyudo federatsiyasining tizimida qayd etilishicha, ayni holatga koʻra Oʻzbekiston terma jamoasining 17 (11 nafar erkak + 6 nafar ayol) nafar aʼzosi Parij-2024 Olimpiadasiga yoʻllanma beruvchi hududdan joy olgan. Astanadagi turnirda shohsupaga koʻtarilgan Doston Roʻziyev litsenzion hududga yangi qoʻshilgan dzyudochi boʻldi. Batafsil:

-60 kg:
1. Li Xarim (Janubiy Koreya) – 2310 ochko
6. Dilshodbek Baratov – 1644
27. Doston Roʻziyev – 686

-66 kg:
1. Xifumi Abe (Yaponiya) – 2500 ochko
15. Muhriddin Tilovov – 1214
25. Sardor Nurillayev – 879

-73 kg:
1. Nils Shtamp (Shveysariya) – 2470 ochko
6. Murodjon Yoʻldoshev – 1870
8. Obidxon Noʻmonov – 1714
12. Shahram Ahadov – 1460

-90 kg:
1. Luka Maysuradze (Gruziya) – 2800
3. Davlat Bobonov – 2174 ochko

-100 kg:
1. Iliya Sulamanidze (Gruziya) – 2715 ochko
11. Muzaffarbek Toʻraboyev – 1289

+100 kg:
1. Temur Rahimov (Tojikiston) – 2450
2. Alisher Yusupov – 2310 ochko
13. Shohruh Baxtiyorov – 1210

Ayollar:
-48 kg:
1. Natsumi Sunoda (Yaponiya) – 2500 ochko
24. Halimajon Qurbonova – 790

-52 kg:
1. Distriya Krasnichi (Kosovo) – 2855 ochko
3. Diyora Keldiyorova – 2784
11. Sita Qadamboyeva – 1096

-57 kg:
1. Krista Deguchi (Kanada) – 3450
27. Shukurjon Aminova – 710

-70 kg:
1. Saki Nizoye (Yaponiya) – 3450 ochko
21. Gulnoza Matniyazova – 875

-78 kg:
1. Alis Bellandi (Italiya) – 3250
30. Irisxon Qurbonboyeva – 479

Eslatma:
– Bu Olimpiada reytingining bugungi holati. Tizim 2024-yilning 23-iyun kuni yopiladi;
– Jadvalda reyting yetakchisi, litsenzion hududdan joy olgan yoki qitʼaviy kvotaga ega dzyudochilarimiz keltirilgan;
– Bir vaznda ikki yoki undan koʻp sportchi litsenzion hududdan joy olsa, Olimpiada ishtirokchisi murabbiylar shtabi qaroriga koʻra tanlanadi.

Text to speech