19 Iyun 2023 725

Velosportchilarimiz medison yoʻnalishida shohsupaga koʻtarilishdi

Malayziyada oʻtayotgan velotrek boʻyicha Osiyo chempionatidan yana bir xushxabar. Bu gal hamyurtlarimiz Olga Zabelinskaya hamda Nafosat Koziyeva juftlikda sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

Sportchilarimiz murosasiz kurashlarga boy boʻlgan medison yoʻnalishida bronza medaliga sazovor boʻldilar. Poygada yaponiyalik sportchilar oltinni qoʻlga kiritishgan boʻlsa, koreyaliklar tandemi kumush medalga ega boʻldi. Bu terma jamoamiz uchun musobaqadagi uchinchi medal boʻldi. Bungacha yurtdoshlarimiz bittadan kumush va bronza medallariga sazovor boʻlishgan edi.

Text to speech