FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
19 Iyun 2023 3533

Afsonaviy Oksana Chusovitina 48 yoshda!

Bugun o‘zbek va jahon sportining yorqin vakili Oksana Chusovitina o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Oksana Aleksandrovna Chusovitina 1975 yil 19 iyun kuni Buxoro shahrida tug‘ilgan. Jahonda sport gimnastikasi tarixida 8 ta Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan yagona sportchi (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016, 2020). 1992 yil Barselonada o‘tgan Olimpiya o‘yinlari oltin medali sohibi, Pekin-2008 Olimpiadasining kumush medal sovrindori. 3 karra jahon chempioni. 

Tayanib sakrash, erkin mashq va parallel to‘sinlarda bir necha murakkab elementlar muallifi. Osiyo o‘yinlari va Osiyo chempionati g‘olibi, faoliyatini yakunlamasdan turib, gimnastikaning rivojiga qo‘shgan xissasi uchun Xalqaro gimnastika shon-sharaf zalidan o‘rin olgan yagona sportchi. Shuningdek, u sport gimnastikasida 8 ta Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan ayol sportchi sifatida “Ginnesning rekordlari” kitobiga o‘z nomini yozdirib qo‘ygan.

Oksana Aleksandrovna davlatimiz tomonidan “O‘zbekiston iftixori”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvonlari, “Do‘stlik”, “Mehnat shuhrati”, “El-yurt hurmati” ordenlari bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston sport faxriylari kengashi Oksana Chusovitinani bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan g‘alabalar tilab qoladi.

Text to speech