11 May 2021 2191

Sportchilarimizni emlash davom etmoqda

MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan delegatsiyamiz aʼzolarini emlash davom etmoqda. Hozirda terma jamoalarimiz belgilangan grafik asosida emlanmoqda.

Markaz vakillarining maʼlum qilishicha, para-suzishdan keyin taekvondo, para-taekvondo, velosport, dzyudo, para-dzyudo kabi jamoalarimiz aʼzolari ham tor doiradagi mutaxassislar tekshiruvidan so‘ng koronavirusga qarshi vaksinaning 1-komponentini qabul qilishdi. Emlash jarayoni davom etmoqda.

Text to speech